Sabʼai sayyor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k Odinakhon Buzrukova tahrirlari Messir versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
Aziz o’quvchi! Endi e’tiboringizga “Xamsa”ning to’rtinchi dostoni bolmish “Sab’ai sayyor”Dan olingan parchani havola etamiz.Bu doston keng qamrovli voqealarni oz ichiga olgan murakkab sujetli yirik epik asardir.
"SABʼAI SAYYOR" ("Yetti sayyora") — "Hamsa" ([[Alisher Navoiy]])ning toʻrtinchi [[doston]]i (1484), ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq). Sharkda keng tarqalgan "Bahrom Goʻr" afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran — dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi uchun [[Bahromgoʻr|Bahrom Goʻr]] nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Hisrav Dexlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda "Bahrom va Gulandom", "Bahromnoma", "Haft manzari Bahrom" nomlari bilan shuhrat qozongan. "Sabʼai sayyor" anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi "Hamsa"dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning , xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi.