Eftaliylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Firatlal (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Firatlal tahrirlari Khorazmiy versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Eftaliylar''' (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — [[Oʻrta Osiyo]]ning shimoli-sharqidan [[Movarounnahr]]ning ichki viloyatlariga kirib, milodiy [[V asr]] - [[VI asr]]larda davlat barpo etgan [[qabila]] ittifoqi.
[[Fayl: Dilberjin_attendants.jpg| thumb|left| Eftalitlar, Dilberjin devoriy rasmlari, VI asr]]
E. Oʻrta Osiyo, Hindiston, [[Afgʻoniston]], [[Eron]] va [[Sharqiy Turkiston]] tarixida muhim rol oʻynagan. E.ning ilk ajdodlari hunlarlsh boʻlishi taxmin etiladi. Miloddan avvalgi 7-asrda Xitoyning shim.gʻarbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, koʻzi koʻk hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning togʻli viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham oʻzgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jungʻoriyaga, Ila havzalariga kelib oʻrnashgan va bu yerda Yuyeban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuyebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, 3-asrda Movarounnahrga kelib oʻrnashdi.
 
Eftaliylar chioniylar (350 yil) va [[Kidariylar|kidariylardan]] (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin.<ref name="OHLA144">{{cite book |last1=Vaissière |first1=Etienne de la |title=Oxford Handbook of Late Antiquity: 5 Central Asia and the Silk Road |date=2012 |publisher=Oxford University Press |pages=144-146 |url=https://www.academia.edu/4824639/5_Central_Asia_and_the_Silk_Road?email_work_card=title |language=en}}</ref><ref>{{cite book |last1=Sundermann |first1=Werner |last2=Hintze |first2=Almut |last3=Blois |first3=François de |title=Exegisti Monumenta: Festschrift in Honour of Nicholas Sims-Williams |publisher=Otto Harrassowitz Verlag |isbn=978-3-447-05937-4 |page=218, note 5 |url=https://books.google.com/books?id=b3gOdaiXNKkC&pg=PA218 |language=en}}</ref>
 
E.ning yana bir guruhi gʻarbga [[Kaspiy dengizi|Kaspiy dengizining]] shim. hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalklarga aralashib ketadi. E. 4-asrning 2-yarmida koʻpayib, [[Movarounnahr|Movarounnahrda]] yashovchi xioniy, kidariy va boshqalar xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. 5-asrda ular Qangʻ davlatini magʻlubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun E. Eron bilan qattiq urush olib borgan. 6-asrning oxirlarida Eftaliylar davlati inqirozga uchraydi. [[Turk xokonligi]] Movarounnahrni egallaydi. E.ning jangovar qismi Afgʻoniston va [[Hindiston|Hindistonning]] shim. mintaqalariga chekinib, ularning keyingi avlodlari shu yerlardagi xalqlarga aralashib, ular bilan qorishib ketadi. E.ning Markaziy Osiyoda qolgan qismi keyinchalik oʻzbek, turkman xalqlari tarkibiga singib ketadi. Turkmanlar tarkibida va anatoliyalik turklarning tarkibida abdal nomi bilan E.ning keyingi avlodlari saqlanib qolgan. E. otashparast boʻlganligi maʼlum, lekin ularning orasida asta-sekin buddizm va [[Xristian dini|xristianlikka]] eʼtiqod qila boshlaganlar soni ham orta boshlagan.<ref>[[OʻzME]]</ref>
 
== Manbalar ==