Tohir Sodiqov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bekmedia tahrirlari Nataev versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Qator 24:
=== „Bolalar“ guruhi ===
{{Main|Bolalar}}
„Bolalar“ guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), [[Javohir Zokirov]], [[Nargiza Zokirova]], Ruslan Sharipov, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan. Guruh aʼzolariga o‘zbek [[rock-n-roll]] qo‘shiqchisi [[Davron Gaipov]] va o‘sha paytda mashhur bo‘lgan rus guruhi „[[Laskoviy May]]“ taʼsir ko‘rsatishgan. „Laskovyi Mai“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi.<ref>{{cite web|url=http://madaniyat.zn.uz/1516| first=Muhayyo| last=Turdaliyeva|title=Tohir Sodiqov va Yuroy Shatunov: 90-yillar haqida {{ref-ru}} |work=Ziyo Net |accessdate=13 may 2012|archivedate=2012-06-04|archiveurl=https://www.webcitation.org/68AmLuTTG?url=http://madaniyat.zn.uz/1516}}</ref> „Laskoviy May“ning qo‘shiqchisi bo‘lgan [[Yuriy Shatunov]] va Tohir Sodiqov 2009-yil [[Toshkent]]da birga qoʻshiq aytishdi.
 
„Bolalar“ guruhi [[1990]]-yil [[23 fevral]]da „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy boshchisi bo‘lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko‘p aʼzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining so‘zini ham, musiqasini ham o‘zi yozadi.<ref name="ozodlik" />