Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarix: Grammatikani tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 120:
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islo-hot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan.
 
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor berilgan. Xususan, Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot, sanʼat nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini – mashhur oʻzbek shoirasi NodirabetimningNodirabegimning xizmati katta boʻlgan. Umarxonning oʻzi ham "Amiriy" taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida gʻazallar yozgan. Umarxon vafotidan soʻng uning 12 yoshli oʻgʻli Muhammad Alixon taxtga oʻtirgan. Xon yosh boʻlganligi uchun davlatni dastlabki davrda onasi Nodi-rabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intilgan.
 
1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh koʻtargan musulmon aholiga yordam berish uchun qoʻshin tor-tib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xoʻtan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qo'qon xonligiga berishga majbur boʻlgan.
Qator 131:
 
1865 yil Qoʻqonda qipchoq va qirgʻizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, soʻngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. [[Xudoyorxon]] hech qanday qarshiliksiz Qoʻqon taxtini qayta egallagan (1865– 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qo'qon xonligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853–65 yillar davomida Oqmachit, Toʻqmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Oʻrta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qo'qon xonligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani toʻldirish uchun yangidan qoʻshimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi boʻlib 1871 yil Soʻxda gʻalayon koʻta-radi. Bu gʻalayon qurolli qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Oʻrta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Rus qoʻshinlari qoʻzgʻo-lonchilarni yengdilar va Poʻlatxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Margʻilon shahrida dorga osiladi. Chor qoʻshinlari Qo'qon xonligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va oʻrniga Fargʻona viloyatini taʼsis eta-dilar.
 
== Davlat tizimi ==
Qo'qon xonligida quyidagi mansablar mavjud boʻlgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom, qozi-kalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik ogʻasi, inoq, shigʻovul, toʻqsoba, miroxur, qora-vulbegi va boshqa