Eldor Shomurodov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 33:
2015 yil oxirida Shomurodov [[Osiyo Futbol Konfederatsiyasi|OFKning]] „Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga nomzodlar qatoridan joy oldi, ammo yakunda Shomurodov bilan tengdosh hamyurtimiz [[Dostonbek Hamdamov]] gʻolib boʻldi.
 
2017 yil iyul oyida Shomurodov [[Rossiya|Rossiyaning]] „Rostov“ klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Shomurodov Rossiya chempionatidagi debyutini 2017-yil 30-iyulda uchinchi turda „Amkar“ ga qarshi safar oʻyinida amalga oshirdi — 88-daqiqada zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. O'yinOʻyin natijasi 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
 
2019-yil may oyi oxirida Rostov jamoasi Shomurodov bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi, 7-iyun kuni esa shartnoma besh yilga uzaytirildi.
Qator 42:
 
=== Terma jamoadagi faoliyati ===
Eldor Shomurodov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazdi. 2016 yilgacha Eldor O'zbekistonOʻzbekiston yoshlar jamoasida oʻynagan. 2015 yildan boshlab Shomurodov [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga]] jalb etila boshladi. Shomurodov milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2015 yil 3 sentyabr kuni [[FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi (AFC)|Jahon chempionati-2018]] saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik, Shomurodov doimiy tarzda terma jamoaga jalb qilina boshlandi va Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.
 
2018-yil dekabr oyida Shomurodov [[Futbol boʻyicha 2019-yilgi Osiyo kubogi|Osiyo Kubogi-2019]] uchun arizaga kiritildi. 9 yanvar kuni [[Ummon|Ummonga]] qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida, oʻyinning 86-daqiqasida gol urib, uchrashuvda gʻalaba toʻpini kiritdi (2:1). 13 yanvar kuni [[Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi|Turkmanistonga]] qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Oʻzbekiston — [[Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi|Turkmaniston]] oʻyinining 24 va 42-daqiqalarida ikkita gol urdi. Natijada [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|, Oʻzbekiston milliy jamoasi]] turkmanlarni 4:0 hisobida magʻlub etdi. 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan guruh bosqichining uchinchi oʻyinida [[Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi|Oʻzbekiston]] [[Yaponiya milliy futbol terma jamoasi|Yaponiyaga]] 1: 2 hisobida yutqazdi, 40-daqiqada jamoasining yagona goli Eldor tomonidan urildi. 1/8 finalda Oʻzbekiston [[Avstraliya milliy futbol terma jamoasi|milliy terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga]] penaltilar seriyasida yutqazdi, asosiy va qoʻshimcha vaqt 0:0 hisobida durang bilan tugadi.