Almaz Ülvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Qator 52:
Olmos Ulvi oilali. Umr yo’ldoshi Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasining Fol`klor institutida ilmiy xodim bo’lib faoliyat yuritadi. Atilla ismli o’g’li bor. 30-yildirki, olima matbuotda ilm, adabiyot, tarix, publitsistikaga oid maqolalari bilan muntazam chiqish qilib keladi. Gazeta va jurnallarda, kitob, almanax va ilmiy to’plamlarda, bir qator xalqaro jurnallarda turk, o’zbek, turkman, rus, ingliz, gruzin, arab, fors, nemis, qozoq, qirg’iz, tatar va boshqa tillarda ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Umuman, Ozarbayjon va xorijda 500 dan ortiq maqolasi chop etilgan. Olmos Ulviy O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Turkmaniston, Avstriya va boshqa mamlakatlarda 60-dan ortiq ilmiy simpozium va konferentsiyalarda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
 
Olmos Ulviy ozarbayjon va o’zbek adabiy aloqalari kontekstida o’zbek adabiyotiga doir 150 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. Olimaning 2009-yilda Toshkentda “Ozarbayjon-o’zbek (chig’atoy) adabiy aloqalari (davrlar, siymolar, janrlar, tamoyillar)” va “Alisher Navoiy Ozarbayjon adabiyotshunosligida” kitoblarining taqdimoti o’tkazilgan. Olmos Ulviyning yuqoridagi tadqiqotlarida turkiy xalqlar va o’zbek adabiy aloqalarining uzoq yillik tarixini qamrab olganligi, qolaversa, Alisher Navoiyning Ozarbayjon adabiyotshunosligida o’rganilishiga oid ma’lumotlari e’tiborga loyiqdir. Uning bu boradagi tadqiqotlari ikki xalq adabiy aloqalari tarixida alohida sahifani tashkil etadi desak yanglishmagan bo’lamiz. Olima zamonaviy o’zbek adabiyoti bilan ham qiziqadi va bu borada ham bir qator ishlarni amalga oshirgan. U taniqli va iste’dodli shoira Xosiyat Rustamova she’riyatini tahlil qilar ekan, o’zbek adabiyotida o’zining betakror ijodi bilan yangi bir ovoz, yangi bir iste’dod kirib kelganligini e’tirof etadi: “XXI asr o’zbek poeziyasiga yangi, iste’dodli, qalbi she’riyatga oshufta, dard, yangi ovoz bilan bir qiz qadam qo’ydi” (ozarbayjon tilidan tarjima bizniki – O.SH.). Olmos Ulviy Xosiyat Rustamova she’riyatini Yunus Emro, Ulvi Bunyodzoda she’riyati biloan muqoyasa qilib o’rganar ekan, uning o’ziga xos dardi, falsafasi borligini aytib o’tadi.<ref>[http://kitobdunyosi.uz/node/295 Алишер ТУРСУНОВ. Олмос УЛВИЙ, филология фанлари доктори, (Озарбайжон): НАВОИЙ МЕРОСИ – КЕЛАЖАГИМИЗ МАЁ?И] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20150402131331/http://kitobdunyosi.uz/node/295 |date=2015-04-02 }}02/13/2014''Oʻzbek tilinde''</ref>
 
Umuman, Olmos Ulviyning o’zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari doirasida olib borgan ishlari, faolligi tahsinga sazovor. Uning shogirdlari ham o’zbek adabiyoti bo’yicha izlanishlar olib boryapti. Olima o’zbek adabiyotiga oid tadqiqotlarini davom ettiryapti. Olmos Ulviyning olib borayotgan faoliyati O’zbekiston va Ozarbayjon mamlakatlari o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, rivojlantirishda o’ziga xos o’rin tutadi deb bemalol ayta olamiz.