Xitoylik oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Xitoylik oʻzbeklar''' - [[Xitoy Xalq Respublikasi]]ning [[Shinjon]]g Uygʻur muxtor rayoninda yashaydi, [[2010-yil]]gi hisob boʻyicha Xitoylik [[Oʻzbeklar]] 10569 odam,.

Oʻzbeklar asosan [[Gʻulja]] shahri, [[Qashgʻar]] shahri, [[Yarkent]] tumani, Qargʻalik tumani, Urumchi shahri, Gucheng tumani, Moʻriy tumani va Choʻchak tumanida yashaydilar, ushbu aytib oʻtilgan tuman va shaharda faqat 500 dan 2000 gacha Oʻzbeklar bor xolos. Lekin ushbu shahar va tumanlarda Andijon koʻchasi, Qoʻqon koʻchasi, Andijon masjidi, Andijon mahallasi, Samarqand koʻchasi kabi koʻchalar hozirgacha mavjud, Xitoylik Oʻzbeklar esa asosan oʻsha koʻchalarda joylashgan. Gʻulja shahrida Oʻzbek maktabi boʻlgan, hozir esa nomi Gʻulja shahri 4-maktab deb oʻzgartirilgan, lekin oʻsha maktabni yonidagi Oʻzbek masjidi hozirgacha mavjud va hozirgi kunda Gʻulja shahrining sayhat qilish manzaralardan bittasiga aylangan, nomi ham hozirgacha Oʻzbek masjidi deb saqlanib kelgan. Urumchi shahrida esa Xitoylik Oʻzbeklar madaniyat tadqiqot uyushmasi mavjud boʻlib 20 yildan ber faoliyat olib bormoqda, va arab alifbosidagi eski Oʻzbek yozuvida kitoblar nashir etgan.
Moʻry tumanida esa Oʻzbek muxtor qishlogʻi mavjud, ushbu qishloq 1987-yil iyul oyida Xitoy Xalq respublikasi tominidan Oʻzbek qishlogʻi deb nom berilgan.
Oʻzbek qishlogʻi umumiy maydoni 1393 kvadrat metr, 2014-yilga qadar ushbu qishloq 1113 ta oilada tashkil topgan boʻlib, umumiy aholisi 3367 odam, buni ichida Oʻzbeklar 997 odam boʻlib qishloq aholisini 30.92 % egallaydi<ref>[http://baike.baidu.com/view/2046806.htm baidu.com saytidagi taʼrif]</ref><ref>[http://www.mlx.gov.cn/10030/index.htm Xitoylik Oʻzbek qishloq hokimiyatining rasmiy sayti]</ref><ref>[http://www.njcfjx.com/ditu/danangou.html Oʻzbek qishlogʻining haritasi]</ref><ref>[http://dizhou.ts.cn/content/2007-10/10/content_2222714.htm Oʻzbek qishloq qurilganligining 20 yilligi haqida Xitoycha yangiliklar]</ref>.
Qator 5 ⟶ 7:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
[[Turkum:Oʻzbeklar]]