Spodumen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Iifar (munozara | hissa)
+pic
Qator 1:
[[Fayl:Spodumene var. hiddenite - Araçuaí, Minas Gerais, Brazil.jpg|thumb|Giddenit]]
'''Spodumen''' ([[yunon tili|yun.]] spodumentos — kulga aylangan, spodos — kul) — zanjirli silikatlarning kichik sinfiga, [[piroksenlar]] guruhiga mansub [[mineral]]. Kimyoviy tarkibi LiAl[Si2O6]. Monoklin [[singoniya]]li; 1 — 10 [[santimetr|sm]], baʼzan 1 m va undan ortiq [[uzunlik]]dagi prizmatik [[kristall]]ar hosil qiladi. Kulrang , sargʻish, yashil, pushti, baʼzan rangeiz boʻladi. [[Shisha]]simon yaltiraydi. Tiniq pushti va binafsha rangpushti tusdagilari k u n s i t, zumrad rangyashili giddenit deb ataladi. [[Qattiqlik shkalasi|Qattiqligi]] 6,5—7; [[zichlik|zichligi]] 3,1—3,2 g/sm³. S. boshqa piroksenlardan nur sindirish koʻrsatkichining kichikligi bilan farqlanadi. [[Granit]]li pegmatitlarda [[kvars]], [[mikroklin]], [[albit]], [[berill]], [[lepidolit]], [[tantalit]], baʼzan pollutsitlar bilan birga uchraydi. Tez oʻzgaruvchan boʻlib, evkripit agregatlariga (LiAlSiO4) yoki albit bilan [[seritsit]]ga aylanadi. [[Nurash poʻsti]]da [[gilli minerallar]] hosil qiladi. S. [[litiy rudalari]]ning asosiy minerallaridir; kunsit bilan giddenit [[qimmatbaho toshlar]] hisoblanadi. Xorijda [[Madagaskar (orol)|Madagaskar]] [[orol|o.]], [[AQSH]], [[Braziliya]], [[Myanma]] va [[Afgʻoniston]]da maʼlum. [[Oʻzbekiston]]da [[Chatqol tizmasi|Chatqol]], [[Ketmonchi pegmatit koni|Ketmonchi]], [[Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni|Lolabuloq]], [[Oltintogʻ pegmatit koni|Oltintogʻ]], [[Sulton Uvays togʻi|Sulton Uvays togʻlari]], Kirqbuloq pegmatitlarida oʻrganilgan. S. xorijda elektr keramikasi ishlab chiqarish.da foydalaniladi. Tiniq, chiroyli rangli turlari [[bezak]] toshlar va hatto qimmatbaho toshlar sifatida ham ishlatiladi.