2 332
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
'''Baqtriya''', Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat va davlat.
Asosan hozirgi [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]]ning jan. viloyatlari hamda [[Afgʻoniston]]ning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim.da Sugʻd, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Ma-rgʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi 3-asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach,
B.da dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlangan
Avesto, Bihistun kitobalari,
Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga koʻra baqtriyaliklar belbogʻli koʻylak, cholvor va kuloh kiyishgan, cholvorlarining pochasini uchi yuqoriga qayrilgan etiklarining qoʻnjiga tiqib yurishgan. B.da asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Miloddan avvalgi 6 — 4-asrlarda B. madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, koʻproq koʻchmanchi aholi madaniyati bilan bogʻliq boʻlib, adabiyotda "hayvon uslubi" (mehnat va jang qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, oʻtroqbaqtri-yaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan (qarang Amudaryo xazinasi va boshqalar). Budav-rda metall ishlash sanoati (qarang Dalvarzintepa va boshqalar), meʼmorlik (qarang Kuchuk-tepa, Qalʼaimir va boshqalar), xalq ogʻzaki ijodiyoti taraqqiy etgan. B. madaniyati, ayniqsa miloddan avvalgi 1mingyillikning soʻnggi asrlarida yuksalgan (qarang Xotin-rabod va boshqalar). Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari anʼanalari taʼsirida ham boyigan. Miloddan avvalgi 2 — 1-asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (yana q. [[Sopollitepa)]]. Bu davrga oid meʼmorlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qalʼai mir, Xolchayon va boshqa joylardan topilgan. Jan. B.dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindiltepa, Xadda (Afgʻoniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi maʼlumotlarni yanada boyitdi.
{{OʻzME}}
{{stub}}
|