Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 5:
 
Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining [[Alloh]]dan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi [[Ali Ibn Abu Tolib|Ali ibn Abu Tolib]], hamda asrandi oʻgʻli [[Zayd ibn Horisa]] eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan [[Abu Bakr]], [[Zubayr ibn Avvom|Zubayr]], Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, [[Abdurahmon ibn Avf]] va [[Usmon Ibn Affon|Usmon ibn Affon]] Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi [[Efiopiya]]) ga [[hijrat|koʻchib]] ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va [[Umar ibn Xattab|Umar ibn Xattobning]] qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni [[Madina (shahar)|Yasribga]] koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, [[hijrat]])dan musulmonlar erasi — [[hijriy yil]] hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
[[Fayl:Lower city, Petra.jpg|thumb|200px| Quyi [[Petra]]; Islom tarixi va arxeologiyasi bo'yicha tadqiqotchi [[Dan Gibson]]ning so'zlariga ko'ra, bu erda Muhammad yoshligida yashagan va birinchi vahiylarini olgan joy. Birinchi musulmon masjidlari va qabristonlari ko'rsatganidek, bu musulmonlarning birinchi [[qibla]]si ham bo'lgan.<ref>Dan Gibson: Qur'ānic Geographygeography: a survey and evaluation of the geographical references in the qurãn with suggested solutions for various problems and issues. Independent Scholars Press, Surrey (BC) 2011, ISBN 978-0-9733642-8-6</ref>]]
 
Madinada birinchi [[masjid]] qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, [[Kaʼba]] [[qibla]] qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida [[Badr jangi]], 625 yilda Uhud togʻi etagida [[Uhud jangi|Uhud jang]]<nowiki/>lari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi (q. [[Xudaybiya bitimi]]). Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat ([[haj]])ga bordi. Bu [[vidolashuv haji]] boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.