Usmon Nosir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
'''Usmon Nosir''' (1912–1944) — 20-asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan [[shoir]]. Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida [[Namangan]]da tugʻildi.

Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir [[Qoʻqon]]dagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan [[Samarqand]]dagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.
 
Bolaligidan [[sheʼr]]lar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „[[Quyosh bilan suhbat]]“ (1932), „[[Safarbar satrlar]]“ (1932), „[[Traktorobod]]“ (1934), „[[Yurak]]“ (1935), „[[Mehrim]]“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „[[Norboʻta]]“ (1932) va „[[Naxshon]]“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „[[xalq dushmani]]“ sifatida qamoqqa olindi va [[Toshkent]], [[Magadan]], [[Kemerovo]] turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:
Qator 29 ⟶ 31:
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari]]
[[Turkum:Oʻzbek shoirlari]]