Harakat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Harakat''' — borliqnintborliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang [[Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik]]) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning H.dan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i, informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy H., xayoliy H. va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, H. murakkab shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ‘Qadimdan H. va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa H.ning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining "Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan.
 
Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel H.ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. H.ni tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz materiya boʻlmaganidek, materiya ham H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.