Usta Olim Komilov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Usta Olim Komilov.jpg|thumb]]
'''Usta olim Komilov''' (1875, Margʻilon — 1953.3.4, Toshkent) — sozanda (doyra, nogʻora, chang), milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining asoschilaridan. Mehnat Qahramoni (1932), [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1937). Margʻilonda Masaid otadan doira chalishni oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy, sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik truppasi (1929 yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939 yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da doirachi; raqs studiyasida dare bergan (1926-43).