Internet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Qator 17:
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
 
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20130216085945/http://www.uznet.net/ |date=2013-02-16 }}) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20200612034436/http://www.eastlink.uz/ |date=2020-06-12 }}) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
 
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000 yil fevral oyidan boshlab Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot" dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa.