Taspar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Taspar''' (Xitoy manbalarida Tobo xoqon, asli turkiy ismi Arslon) (?— 581) — [[Turk xoqonligi]] xoqonlaridan biri (572— 581). [[Bumin]] xoqonning oʻgʻli.
[[Fayl:Kloster zezerleg.JPG|thumb|Taspar xoqon davrida qurilgan Bugut yodgorligi, 585 yil]]
 
T. akasi [[Mugʻon]] xoqonning vafotidan soʻng taxtga chiqqan. T. davrida Turk xoqonligining kuch qudrati eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Davlat chegaralari gʻarbda Qora dengizdan sharqda Manjuriyagacha, shim.da Yenisey daryosidan jan.da Amudaryogacha kengaygan. T. xoqon buddaviylik diniga homiylik qilgan va oʻzi ham shu dinni qabul qilgan. Buddaviylik rohibi Chinagupta oʻn yil (574—584) oʻzining dindoshlari bilan xoqon qarorgohida yashagan va targʻibot ishlarini olib borgan. Turk tiliga buddaviylikning baʼzi sutralari tarjima qilingan, xoqon qarorgohida esa bir nechta ibodatxona va monastirlar qurilgan. Uning davrida turk va sugd tillari davlat tili vazifasini oʻtagan.