Parfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Parfiya''', Parfiya podsholigi — miloddan avvalgiavval taxminan 250 -yilda Kaspiy dengizining janubiy va janubiy-sharqiy tomonida vujudga kelgan qadimiy davlat. Miloddan avval I asr oʻrtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha boʻlgan hududni oʻziga boʻysundirgan. Parfiya milodiy III asr 20-yillarigacha mavjud boʻlgan. Miloddan avval taxminan 250-yil saklarning koʻchmanchi parnlar (daxlar) qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani, soʻngra qoʻshni Girkaniya viloyatini ishgʻol etganlar. Salavk II oʻz hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan 1 necha muvaffaqiyatsiz urinishlar (miloddan avvalgi 230— 227)dan soʻng Parfiya da arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. 209-yil Parfiyani salavkiylar podshohi An-tiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foydalanib Parfiya tezda oʻz mustaqilligini tiklagan. Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar) bilan aralashib ularning madaniyati, tili va mahalliy diniy eʼtiqodlarini qabul qilishgan. Miloddan avvalgi taxminan 170—138/137 yillarda Parfiya podshohi Mitridat I salavkiylarning sharqiy satrapiyalari va Yunon-Baqtriya podsholigining bir qismini (miloddan avvalgi taxminan 136 y,) bosib olgan. Miloddan avvalgi I asr boshida Parfiya qudrati yanada ortib, Rim imperiyasining xavfli raqibiga aylangan. Miloddan avvalgi 53-yil Parfiya Rim bilan toʻqnashib, Karri jangida Krase qoʻmondonligi ostidagi Rim qoʻshinini tamoman tor-mor etgan. Miloddan avval 40-yilda Parfiya Kichik Osiyoning deyarli butun hududini, Suriya va Falastinni zabt etgan. Bu Rimning Sharqdagi hukmronligiga tahdid solmoqda edi. Miloddan avval 39— 37-yillarda rimliklar bu viloyatlar us-tidan oʻz hukmronliklarini tiklashgan. Tez orada Parfiya ichki nizolar va koʻchmanchi alanlarning hujumlari natijasida tanazzulga uchray boshlagan. Bundan foydalangan rimliklar Parfiya gʻarbiy viloyatlarini qattiq talon-toroj qilgan. Parfiyaliklar vaqtvaqti bilan rimliklar ustidan gʻalaba qozonib turgan boʻlsalarda, davlatni siyosiy tushkunlikdan qutqarib qololmaganlar. Margʻiyona, Sakaston, Girkaniya, Elimaida, Fors, Xarakena, Xatra shahri amalda mustaqil edilar. Tashqi va ichki nizolar mamlakatni holdan toydirgan. 224-yil vassal Fors (Persida) viloyati hokimi Ardashir (qarang [[Ardashir I]]) hal qiluvchi jangda Arta-bon V ni Ormizdagon tekisligida magʻ-lub etib Parfiya davlatini tugatgan; Parfiya asoschisi [[Ardashir I]] boʻlgan. Sosoniylar davlatiga qoʻshib yuborilgan.
 
Meʼmorlik, amaliy va bezak sanʼati dastlab sharqiy ellin madaniyatining shaxobchalaridan biri sifatida rivojlangan. Keyinchalik Parfiya tarkibiga kirgan mahalliy xalqlarning badiiy anʼanalari bilan boyib taraqqiy etgan. Parfiya sharqiy qismida asosi kvadrat shaklidagi ibodatxonalar (Niso, miloddan avvalgi 2- va milodiy 1-asrlar), ayvonli saroylar (Koʻhi Xoʻja, Eron, 1-asr) qurilgan, binolar gʻarbdan keltirilgan marmar haykallar va mahalliy ustalar yasalgan terrakota haykallar bilan bezatilgan. Kryalarda ishlangan relyeflarda aʼyonlarning podshoga taʼzimi, qurbonlik marosimlari va boshqa aks ettirilgan. Nisodan topilgan kumush, fil suyagi, sopol buyum, idish, turli bezaklardagi tasvirlarning syujeti yunon afsonalari asosida, lekin kishilarning qiyofalari mahalliy xalklarni eslatadi.