Mezolit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Mezolit''' (mezo... va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan[[paleolit]]dan neolitta[[neolit]]ga oʻtish davri (miloddan avvalgi 10—7ming10—7 ming yillik).
 
Geologik pleyspgotsendan hozirgi golo-sengagolosenga oʻtish davri. M.da hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. M.da oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. M. davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shugʻullanganlar.
 
Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda M.ga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang [[Obishir madaniyati]]), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin.