Yongʻoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ercé (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[File:Juglans regia MHNT.BOT.2007.40.64.jpg|270px|thumb|''Juglans regia'']]
 
'''Yongʻoqⓞⓥⓠⓐⓣ''' ({{lang|la|''Juglans regia'' L.}}) — [[yongʻoqdoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub daraxtlar [[tur (biologiya)|tur]]i, yongʻoqmevali [[daraxt]]. Yovvoyi holda [[Kichik Osiyo]], [[Bolqon yarim oroli]], [[Kavkaz]], [[Eron]], [[Xitoy]], [[Koreya yarim oroli]], [[Afgʻoniston]]da oʻsadi. [[Oʻrta Osiyo]] [[togʻlar]]ida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15—30 m, yoʻgʻonligi 1,5—2 m gacha boradi. Shoxshabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, [[ildiz (oʻsimlik)|ildiz]] tarmogʻi baquvvat, 4 m va undan ortiq chuqurlikka boradi. [[Barg]]i yirik (20—40 sm), 5—11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg , hushboʻy (efir moyli). [[Gul]]i bir uyli, ayrim jinsli, [[changchi]]si (otalik guli) — kuchalasi oʻtgan yilgi novdada toʻdatoʻda, urugʻchisi (onalik guli) yangi novda uchida va barg qoʻltigʻida bitta yoki 2—3 tadan, ayrim navlarida 5—10 donadan shingil shaklida joylashadi. Mevasi — [[yongʻoqcha|yongʻoq]], dumaloq yoki choʻziqroq, poʻchogʻi qattiq, yumshoq, gʻalvirak tuzilishga ega. Bir dona yongʻogʻi 5—23 g atrofida (magʻzi 40—75%). 150—200 yil xrsil beradi, 300—400 yil yashaydi. Yo. yorugʻsevar oʻsimlik. Yer osti suvlari yuza boʻlmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shagʻalli tuproklarda yaxshi usadi. Vegetatsiya davri 165 — 210 kun. Apr.—mayda gullaydi, mevasi sent.— okt.da pishadi. Yongʻoqzorlardan 30—50 s/ga hosil olish mumkin. Yo. bargi, poʻsti, [[poʻstloq|poʻstlogʻida]] katta miqdorda [[oshlovchi moddalar]], magʻzi tarkibida 45— 72% yogʻ, 8—21% oqsil, 20% uglevodlar, vitamin V, S, provitamin A va b. moddalar bor. Yo. asalli oʻsimliklardan hisoblanadi. Yo. magʻzi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobigʻi esa tibbiyot va parfyumeriyada ishlatiladi; magʻiz moyidan oziqovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yogʻochi va gʻuddasidan mebel, mashinasozlik sanoatida foydalaniladi. Bargi, poʻstlogʻi va mevasining yashil qobigʻidan gazmol, jun, gilam tayyorlashda ishlatiladigan boʻyoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin konsentratlari) tayyorlanadi. Ihota va agrooʻrmon melioratsiya daraxtzorlari barpo etishda, manzarali bogʻdorchilikda ahamiyati katta. Yo., asosan, yongʻogʻidan va payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Payvand qilingan daraxti ertaroq (4—6 yili), yongʻogʻidan oʻsgan koʻchatlar 6—10yilda hosilga kiradi. Toʻnkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi oʻsib, 3—4yili hosil beradi. Koʻchati 10x10 yoki 12x12 m oraliqda oʻtqaziladi. Yongʻoqzorlar har yili gektariga 120 kg azot, 60—90 kg fosfor hisobidan har 3 yilda bir marta gektariga 30—40 t hisobidan goʻng bilan oʻgʻitlanadi. Navlari. [[Shreder Rixard Rixardovich|R. R. Shreder]] nomidagi [[Bogʻdorchilik]], uzumchilik va vinochilik i. t. intining [[Boʻstonliq]] (Xumson) filialida Yo.ning koʻpgina navlari yaratilgan. Oʻzbekistonda asosan quyidagi navlari ekiladi. Boʻstonliq — daraxti bal. 16 m gacha boradi. Mevasi yirik (13,3 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi och sariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi. Magʻzi chiqishi 48,6%. Tarkibida 68,8% yogʻ va 2,2% qand bor. Gʻalvirak (yupqa poʻchoq) — daraxti 16 m gacha. Mevasi oʻrtacha (9—9,5 g), tuxum shaklida, poʻchogʻi oqishsariq, yupqa. Magʻzi poʻchogʻidan oson ajraladi, tarkibida 68,8% yogʻ va 3% qand bor. Antiqa — daraxti 9 m gacha, guli oldinmakeyin ochiladi, erta koʻklamda gullaydi, lekin yoz oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sent. oxirlarida, soʻnggisi dastlabkisidan 6—7 kun keyin pishadi. Mevasi oʻrtacha (10—10,5 g), yassiyumaloq, poʻchogʻi oqishsariq. Magʻzi poʻchogʻidan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1 % yogʻ va 3% qand bor. Oʻzbekistonda Yo.ning yana Konsoy, Pioner, Vatan, Yubiley, Doʻrmon1, Doʻrmon2 va b. navlari oʻstiriladi. Asosiy zararkunandalari: yongʻoq qurti, yongʻoq galla kanasi, barg oʻrovchilar. Ularga qarshi kurashda insektitsidlar, 0,5% li ohakoltingugurt qaynatmasi va b. qoʻllaniladi.Yong'oq xotirani yaxshilaydi.Buyuk olim va shoir Baxti Kamron ko'p tadqiqotlar olib borgan bu borada
 
== Adabiyot ==