Bodom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 2A00:1028:C000:840:30BB:E7CB:D083:21CF tahrirlari Askhatekb versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 17:
}}
{{Maʼnolari|Bodom (maʼnolari)}}
'''Bodom''' Abdurakhmon 13000 tashla schetimga ({{lang|la|''Amygdalus'' L.}}) — [[raʼnodoshlar]] (anorgullilar [[oila (biologiya)|oila]]si)ga mansub [[daraxt]] va [[buta]]lar. 40 ga yaqin turi maʼlum. [[Osiyo]], [[Shimoliy Amerika|Shimoliy]] hamda [[Markaziy Amerika]]da, [[Yevropa]]ning jan.da, [[Zakavkazye]], [[Oʻrta Osiyo]]da tarqalgan. [[Oʻzbekiston]]da 5 [[tur (biologiya)|tur]]i mavjud. Ulardan bittasi — shirin magʻizli B. ({{lang|la|''A. communis'' L.}}) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Oʻzbekistonning dengiz sathidan 1000–1200 m gacha boʻlgan togli zonalarida ([[Fargʻona vodiysi]], [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]], [[Samarqand viloyati|Samarqand]], [[Toshkent viloyati|Toshkent viloyatlarida]]) oʻstiriladi.
 
Botanik tavsifi. Daraxti 6– 10 m, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. [[ildiz (oʻsimlik)|ildiz]] tizimi yaxshi rivojlangan. [[Barg]]lari nashtarsimon. Oʻsuv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. [[Gul]]i oq yoki pushti, ikki jinsli. Gʻoyat yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobikli [[danak]] ([[yongʻoqcha]]). Iyul—sentabrda pishadi. Bodomi 0,5—4 g (magʻzi 12—80%). Magzi tarkibida 35—67% yogʻ, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, yelimsimon moddalar (achchiq B. tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Poʻchogʻi naviga qarab yupqa (gʻalvirak), oʻrtacha va qattiq, magʻzi shirin yoki achchiq boʻladi.