Alloh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Islom}}
'''Alloh''' yoki '''Olloh''' ([[arab]]cha: „al-iloh“ — ilohiy kuch, xudo) — [[islom]] dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Keyingi yillardagi ada-biyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qoʻllanib kelingan. Odatda Allohga taolo (ulugʻ, oliy) sifati qoʻshib aytiladi. Shimoliy [[Arabiston]]da istiqomat qilgan samud qabilasining ibodatgohidan topilgan [[Milodiy yil|mil]]. 2-3-asrlarga tegishli yozuvda aytilishicha, oʻsha paytda ularning bosh xudosi — Alloh boʻlgan. Boshqa shimoliy arab (safoviy) yozuvida „hollo“ soʻzi uchraydi-ki, bu yerda „ho“ hozirgi zamon arab adabiy tilidagi aniqlik artikli „al“ning oʻrnini bosadi. Alloh islom yoyilishi arafasida baʼzi arablarning, xususan, Makka axlining xudolaridan biri boʻlgan, degan fikr ham bor. Dastlab Alloh soʻzi maʼ-no jihatidan „Iloh“ (xudo) va „rabb“ (tarbiyachi, parvardigor, ega) soʻzlaridan farq qilmagan. Bunga Muhammadning otalari Abdulloh ismida boʻlganlari dalildir. Qadimgi rimliklarda [[Yupiter]], yunonlarda [[Zevs]], [[yahudiy]]larda [[Yaxve]], [[slavyan]]larda Perun, [[turk]]iy [[til]]li [[xalq]]larda esa Tangri bosh xudo hisoblangan. Binobarin yakka xudoga eʼtiqod qilish (qarang Tavhid) islomdan ancha ilgari boshlan-gan. Bevosita islom yoyilishi arafasida oʻzlarini Ibrohimga mansub deb bilgan haniflar arab qabilalarini oʻz sanamlaridan voz kechishga va yagona Alloh (Iloh)ga eʼtiqod qilishga daʼvat etganlar. Koʻpxudolikni rad etib, aynan shu Ibrohim va boshqa ulugʻ ajdodlarning yak-kaxudolik diniga qaytishni arablar orasida astoydil targʻib qilishga kirishish Muhammad paygʻambarga birinchi bor vahiy kelgan yil — 610 yildan bosh-langan.Islom diniga binoan Alloh yakkayu yagona xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammadni insoniyatga oʻzining soʻnggi elchisi sifatida yuborgan. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat „Lo iloha illalohu Muhammadun rasululloh“ („Allohdan boshqa iloh yoʻq, Muhammad — Allohning paygʻambari“), deb uqtiradi. Islomga koʻra, Qur’on Muhammadga nozil qilingan Allohning soʻzidir. Qur’oni ka-rimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda koʻp bor taʼkidlanadi. Shuningdek Qur’onda doimo Allohning mukammalligi, qodirligi va ulugʻligi haqida gapiriladi. Alloh „alim“, yaʼni biluvchidir, u boʻlib utgan ishlarni, endi boʻladigan ishlar-ni, xoh katta, xoh kichik, barchasini bi-ladi; Alloh „murid“, yaʼni xohlaguvchidir — dunyodagi ishlarning har biri Alloh ta-oloning irodasi va xohishi ila boʻladi, u xohlagan ish boʻlmay qolmas va xohlamagan ish aslo boʻlmas; Alloh „qadir“, yaʼni har ishga qudrati yetuvchidir; Alloh „basir“, yaʼni koʻruvchi — yer va osmon-dagi, qorongʻu va yorugʻdagi, katta va kichik narsalarning barchasini koʻradi; Alloh „sami’“, yaʼni eshituvchi — qattiq boʻlsin, sekin boʻlsin har qanday ovozlarni eshitadi; Alloh „mutakallim“, yaʼni soʻzlaguvchi — Qur’oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek Tavrot, Injil, Zabur kitoblari Alloh taoloning soʻzidir; Alloh „mukavvin“, yaʼni boʻldirguvchi — dunyo-dagi barcha narsalar uning boʻldirmogʻi ila boʻlgandir; Alloh „rabbun“, yaʼni tarbiya qiluvchi — barcha jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi; Alloh taolo „odil“, yaʼni toʻgʻrilik qiluvchi — har bir hukmni va har bir ishni toʻgʻrilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi. U rahmdil, mehribon va kechirimli. Odamlar butunlay unga itoat etishlari (islomga kirishlari), xudodan qoʻrqib vijdonli boʻlishlari, barcha nar-sada Allohga va uning irodasiga ishonishlari lozim. Alloh oʻzi xohlagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, oʻliklarni tiriltiradi va ularni oʻz huzuriga hukm qilish uchun yigʻadi; u yerda har kishining qilgan amaliga koʻra jahannam (doʻzax) azobiga duchor qiladi yoki jannat bilan mukofotlaydi. Alloh haqidagi taʼlimot musulmon dini va ilohiyot fanining asosi boʻlib qoldi. Alloh tabiatining turli qirralari hadislarda, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushun-tirildi. Shunga koʻra, Uning sifatlari inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Baʼzi ulamolar fikricha, Alloh taoloning zoti va sifatlari toʻgʻrisida chuqur baxs yuritish shar’an man etiladi. Alloh biror narsaga oʻxshatilmaydi va biror narsa ham Allohga oʻxshatilmaydi.Allohning ilohiy sifatlari Qur’oni karimda tilga olingan 99 ismida yaqqol koʻrinadi. Alloh bilan odamlarning oʻzaro munosabatlari muammosi islomdagi ikki oqim — sunniylik va shialik oʻrtasidagi farqlanishning asosini tashkil etadi. 356SunniylarSunniylar Muhammad vafotidan soʻng Alloh bilan odamlar oʻrtasidagi bevosita aloqa toʻxtab qolgan deb hisoblaydilar. Shialar esa bu aloqa imomlar orqali davom etmoqda, deb biladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==