Marilyn Manson (guruh): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 40:
| vebsayt = [http://www.marilynmanson.com/ www.marilynmanson.com]
}}
'''Marilyn Manson''' ({{talaffuz|Merilin Menson}}) — [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]]da tashkil topgan [[rock]] musiqa guruhi. Guruhga 1989-yil [[Marilyn Manson]] va [[Daisy Berkowitz]] (asl ismi Scott Putesky) [[Florida]] shtatining [[Fort Lauderdale]] shahrida asos solishgan. Guruhning ilk nomi Marilyn Manson & the Spooky Kids boʻlgan. 1990-yillarning boshlarida faqat Amerikada tanilgan guruh keyinchalik butun dunyoda shuhrat qozondi.
 
Guruhga asos solinganidan beri uning aʼzolari koʻp marta oʻzgardi. [[Marilyn Manson|Guruh nomi bilan bir xil ismli Manson]] musiqiy guruhning yagona oʻzgarmas aʼzosidir. 1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol [[seks-ramz]]lari ismi bilan [[serial qotil]]larning familiyasini birlashtirib tuzilgan. Masalan, Marilyn Manson [[Marilyn Monroe]] hamda [[Charles Manson]] ism-sharifining birlashtirilganidir.