Anqara jangi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
asossiz uchirilgan matnni tikladim
Qator 47:
'''Anqara jangi'''-[[Amir Temur]] va turk sultoni [[Boyazid I Yildirim]] oʻrtasida [[1402-yil]] [[20-iyul]] kuni [[Anqara]] yaqinidagi Chubuk mavzeyida boʻlib oʻtgan jang. Jang [[Amir Temur]]ning gʻalabasi bilan yakunlangan va natijada [[Usmoniylar imperiyasi]]da taxt uchun kurash boshlangan, shuningdek [[Vizantiya imperiyasi]] poytaxti Konstantinopol yana 50 yil yashagan.
 
Unda Amir Temurning taxminan 200 ming, Turkiya sultonining 160 ming askari qatnashgan. Ushbu jangning sodir bo‘lishiga asosan quyidagi omillar sa-bab bo‘lgan: Iroq, Shom, Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jeta singari mamlakatlarni o‘ziga itoat ettirishga muvaffaq bo‘lgan Amir Temur o‘z saltanatining janubi-g‘arbiy hududlariga yaqin joylashgan Bolqon yarim orol va Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayib ketayotganligidan xavotirda edi, chunki G‘arbiy Yevropa risarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini egallagan usmoniy turklar Amir Te-murga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola boshlagan edi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur o‘z qo‘shini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386 yil qadam qo‘ygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini mag‘lub etgan. 1395 yil Sohibqiron bu o‘lkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qo‘lga kiritadi.Amir Temur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi: 1399 yil Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal’asini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, ko‘p fur-sat o‘tmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir bo‘lib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaa-siga tashlashga majbur etib, so‘ng unga qaqshatqich zarba berish edi. To‘qat shahri yonida asosiy harbiy kuchlari bilan tur-gan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga ko‘mak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini ku-tib olish taraddudini ko‘radi. Qo‘shin qismlarini janggohning (Chibukobod degan yerda) qulay yerlariga joylashti-radi. Lashkargoh atrofida xandaklar qazilib, xavfsizlik choralari ko‘riladi. Natijada Boyazid I qo‘shini o‘zi uchun o‘ta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur bo‘ladi. Sulton qo‘shini ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kel-gan tashnalikdan qattiq azob chekadi. Sohibqiron qo‘shini o‘zining an’ana-viy jangovar tartibi – yasodda harakat qiladi. Qo‘shinning qirq qismdan tash-kil topgan markazi – qo‘liga Amir Te-mur bevosita rahbarlik qiladi. So‘l qo‘l – juvang‘arga Shohrux mirzo va Xalil Sulton mirzo, juvang‘ar hiravuli – ilg‘origa Sulton Husayn mirzo, o‘ng qo‘l – barang‘arga Mironshoh mirzo, barang‘ar hiravuliga Abu Bakr mirzo yetakchilik qiladi. Markaz – qo‘lning o‘ng tarafida Umarshayx mirzoning o‘g‘li Ahmad mirzo, Toshtemir o‘g‘lon, Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Qo‘lning chap tomonidan Jalol Islom, Tavakkal qarqara, Ali Muhammad kabi bahodirlar o‘rin oladi. Qo‘shinning saflari oldida 30 ta jangovar fil muhorabaga shay qilingan edi. Qarshi tarafda Boyazid I Rum va Farang mamlakatlaridan jamlan-gan cherikiga tartib berib, jangga hozir bo‘lib turdi. Qo‘shinning o‘ng qanoti – barang‘arda serb knyazi Stefan (Boyazid Ining qaynisi) 20 ming kishilik faran-gliklar bilan, chap kanoti – juvangarda esa Musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Bo-yazid Ining o‘g‘li) Rum lashkari bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid Ining o‘zi 572qo‘shin markazida qolib, uch o‘g‘li Muso, Iso va Mustafolarni chag‘davul (qo‘shin orti)ga qo‘ydi. Jang Mironshoh mir-zo qo‘l ostidagi barang‘arning dushman juvang‘ariga qilgan shiddatli hujumi bilan boshlandi.Boyazid I qismi amir Jahonshoh va amir Qora Usmon rahbarligidagi Gey-dar tomonidan qilingan hujumga bar-dosh bera olmay jang maydonini tash-lab qochadi. Boyazid I qo‘shini saflarida paydo bo‘lgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar, no‘yonlarning birgalikda dushmanga hujum qilishlariga hukm qiladi. Shid-datli to‘qnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat, Sohibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan sul-ton askarlari chekina boshlaydi. Boyazid I qo‘mondonligidagi jangchilar so‘nggi damgacha qarshilik ko‘rsatadilar. Yani-charlar bitta qolmay qirib tashlangandan so‘ng Boyazid I va uning ikkinchi o‘g‘li Musoni Amir Temur tomonidan 1388 yil Chig‘atoy ulusi xonligiga ko‘tarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurgatmish-xon asir oladi. Sohibqiron Boyazid I qo‘shinlarining qolgan-qutgan qismini ta’qib etib, Bursa, Izmirni egallaydi va Marmar dengizi sohillariga chiqadi.Amir Temur tomonidan Boyazid I qo‘shinining tor-mor etilishi Usmon-li turk saltanatining ma’lum muddatga zaiflashishiga sabab bo‘ldi. Konstanti-nopolning turklar tasarrufiga kirishini hamda ularning Markaziy va G‘arbiy Yevropaga qilmoqchi bo‘lgan yurishlarini birmuncha fursatga orqaga surdi.Ad.:I6n Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur, T., 1992; Shomiy Ni-zomiddin, Zafarnoma, T., 1996; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.Hamidulla Dadaboyev.
 
== Manbalar ==