Hokim: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teg: Qaytarildi |
k 37.110.215.153 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Hokim'''
Mustaqillikning ilk kunlarida-noq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchay-tirish maqsadida H. lavozimi taʼsis etildi. "Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida" Oliy Ken-gash tomonidan qabul qilingan qonun (1992 yil 4 yanvar) H. va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitupiyasining 99-moddasiga binoan, "Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqa-ri) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning man-faatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar". Xalq deputatlari Kengashlari va H.larning vakolat muddati — 5 yil. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishligiga qarab viloyat, tuman va shahar H.lari boshqaradi. Viloyatlar H.lari va Toshkent shahri H.i Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shaharlardagi tumanlarning H.lari tegishli shahar H.i tomonidan tayinlanadi va la-vozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning H.lari tuman H.i tomonidan tayinlanadi va lavo-zimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. H.lar yakkaboshchilik prinpipida ish olib boradi va ularning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. H. oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rah-barlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir. H. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
|