Mineral suvlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 3:
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Mineral suvlarga boy boʻlgan mamlakat. Respublika xududida ularning tabiatda maʼlum boʻlgan barcha guruh va tiplari aniqlangan. Oʻzbekistonda Mineral suvlarning quyidagi balneologik guruxlari bor: spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz, oltingugurtli, yod, brom, radonli va karbonat angidridli.
 
Spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz eng qimmatli Mineral suvlar (azotishqorli issiq, Ijevsk va yangi Ijevsk turidagi sulfat va xlorid sulfat natriyli) Toshkent atrofi, Kizilkum, Zarafshon va Markaziy Kizilkum havzalar guruhida, hamda Ustyurt, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo va Fargʻona artezian havzalarining yuqori gidrogeologik qavatida tarqalgan. Ular negizida: Jan. Olamushuk shaharchasi va Polvontoshda (Andijon viloyati), Buxorodagi "Sitorai Mohi Xossa", Jizzax viloyatidagi Gagarin va Gʻallaorol shaharlarida, Muborak shahrida (Qashqadaryo viloyati), Oltinsoy qishlogʻida (Navoiy viloyati): Kattaqoʻrgʻon sh, Na-gorniy temir yoʻl stansiyasida (Samarqand viloyati), Toshkent shahrida, Toshkent viloyatida, Oltiariq shaharchasida, Oltiariq temir yoʻl stansiyasida, Zadion qishlogʻida, Qoʻqon shahrida, Chimyon qishlogʻida (Fargʻona viloyati), Nukus shahrida (Qoraqalpogʻiston) sanatoriykurort, profilaktika muassasalari va qadoqlash zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston xududida sanoat toifasi boʻyicha foydalanish zaxirasi 30 ming m³/ sutka boʻlgan yer osti Mineral suvlar aniqlangan. Ular negizida 100 dan ziyod sanatoriy, balneologik shifoxona va mineral ichimlik suvlari qadoqlash boʻyicha 20 sex ishlab turibdi. Davlat hisobida radonli, oltingugurtli, yod, brom, borli, tarkibida organik modda boʻlgan, kremniyli, temirli va spetsifik komponentlar va xususiyatlarsiz 10 dan ziyod yer osti Mineral suvlar konlari va uchastkalari faoliyat koʻrsatadi.Mineral suvlarning foydali xususiyati bu ular tarkibida erigan qo'shimcha moddalar, masalan turli hil gazlar, tuzlar va organizmga yrtishmaydigan boshqa moddalarning borligi sanaladi<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==