Islohot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Islohot qisqarmasini yo'liq yozib qo'ydim
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Islohot''' — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. I.Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida I. deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. I.lar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va b. oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va sh. k. sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla I. qilinishi mumkin. I. vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan I.lar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir (yana q. [[Iqtisodiy islohotlar]]). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==