Saodat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
"SAODAT" — [[Oʻzbekiston]] xotinqizlariningxotin-qizlarining ommabop, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-bezakli jurnal.
 
[[Toshkent]] shahrida 1 yilda 8 marta nashr qilinadi. Dastlab "Yangi yoʻl" (1925—34), "Yorqin turmush" (1936— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (1950—65) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar va urush tufayli jur. 1934 y. apreldan 1936 y. iyulgacha, 1941 y. iyuldan 1950 y. okt.gacha nashr etilmagan. 1966 yildan xoz. nomda. Jur.ga turli yillarda Oʻzbekistonning tanikli adibalari — jamoat arboblari muharrirlik qilgan: Tojixon Shodiyeva (1927—29), Sobira Xoldorova (1930–31), Xosiyat Tillaxonova (1931—34), Saodat Shamsiyeva (1936—37), Fotima Niyozova (1937—38), Iqbol Akbarxujayeva (1939—41), Oydin (M. Sobirova, 1951–53), Zulfiya (1953–85) va Halima Xudoyberdiyeva (1985—94).
 
Utgan barcha davrlarda jur. oʻzbek ayolining oilada nazokatli, sevimli, farzandlariga mexribon boʻlishi, turmush mashaqqatlarini yengib oʻtib, jamiyatda ham oʻz urnini topishiga kumakdosh bulib kelgan; juda kup yosh shoira, adibalarning ijodkor sifatida shakllanishi uchun maktab vazifasini oʻtagan. X. Ahrorova, S. Mahmudova, R. Shomansurova, H. Xudoyberdiyeva, O. Hojiyeva, Sh. Salimova, R. Rahmonova, M. Ulugʻova, Q. Rahimboyeva, D. Saidova, X. Bobomurodova va boshqa ijodkorlar "S." maktabining turli davrlardagi talabalari boʻlib, bugun Oʻzbekistonda tanikli ijodkorlar sifatida faoliyat kursatib, "S." tajribalarini targʻib qilmoqdalar.