Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 49:
[[1957-yil]] Oʻzbekiston radioeshtirish va televideniye qoʻmitasi sifatida tuzilgan. [[1992]]-yil [[7-yanvar]]da Oʻzbekiston Davlat Teleradioeshtirish kompaniyasiga, [[Oʻzbekiston Prezidenti]]ning [[1996]]-yil [[7-may]]idagi Farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi (Oʻzteleradio)ga aylantirilgan. Oʻzbekistonda televizion koʻrsatuvlar [[1956]]-yil [[5-noyabr]]da Toshkentda boshlangan. Oʻzteleradiokompaniya teledasturlari [[sutka]]siga oʻrtacha 51,5 soat davomida asosan [[oʻzbek tili|oʻzbek]], [[rus tili|rus]], shuningdek, [[qozoq tili|qozoq]], [[qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[tojik tili|tojik]], [[uygʻur tili|uygʻur]], [[turk tili|turk]], [[koreys tili|koreys]], [[nemis tili|nemis]] tillarida [[efir]]ga uzatiladi. Oʻzbekiston radiosi [[1926]]-yildan buyon eshittirish berib keladi. Oʻzteleradio 4 ta respublika [[radiokanal|kanal]]lari orqali radioeshittirishlarni efirga uzatadi. Radioeshittirishlarning kundalik oʻrtacha hajmi 91,7 soat.
 
= = "Oʻzbektelefilm" studiyasi =
„Oʻzbektelefilm“ studiyasi [[1970]]-yilda Oʻzbekiston televideniyesining kinokoʻrsatuvlar [[tahririyat]]i negizida paydo boʻlgan.
„Oʻzbektelefilm“ studiyasida har yili 23 soatga yaqin [[hujjatli film|hujjatli]], 24 soatga yaqin [[badiiy film]]lar yaratish koʻzda tutilgan. [[Dublyaj]] boʻlimida bir yilda 550—600 soat atrofidagi filmlar oʻzbek va rus tillariga oʻgiriladi.