Michelson interferometri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„'''Maykelson interferometri''' — Albert Maykelson tomonidan ixtiro qilingan ikki nurli interferometr. Ushbu interferometr yordamida ilk marta yor...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

22-Fevral 2021, 05:48 dagi koʻrinishi

Maykelson interferometri — Albert Maykelson tomonidan ixtiro qilingan ikki nurli interferometr. Ushbu interferometr yordamida ilk marta yorugʻlikning toʻlqin uzunligi oʻlchangan. 1887-yilda Maykelson va Morli efirning mavjudligini tekshirish uchun tajriba oʻtkazishgan.

Tuzilishi

Maykelson interferometri yarimshaffof koʻzgu va tushuvchi nurni ikkiga ajratuvchi koʻzgudan iborat. Yarimshaffof koʻzguga tushgan nurlar yana ajratuvchi koʻzguga tushadi va bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. Soʻngra optik yo'llar farqi turlicha boʻlgani uchun ekranda interferension manzara hosil boʻladi (1-rasm).

 
Maykelson interferometrida yorugʻlik nurining harakati

Koʻzgular orasidagi masofani maʼlum bir qiymatga oʻzgartirib, interferension manzaraning oʻzgarishidan yorugʻlik toʻlqin uzunligini aniqlash mumkin.

Maykelson interferometri hozirgi kunda astronomiyada va fizikada turli tadqiqotlarni oʻtkazish maqsadida foydalanilmoqda.

Interferometrning konfiguratsiyalari

Fazalar farqi   ga teng boʻlgan ikkita monoxromatik yorugʻlik nurining interferensiyalanishidan hosil boʻlgan yorugʻlik nuri intensivligi quyidagiga teng:

   

Ikkala nurning amplitudasi tengligini hisobga olgan holda, shuningdek, kosinuslarni qoʻshish formulasidan foydalanib, natijaviy intensivlik uchun quyidagi ifodani hosil qilish mumkin:

 
 
Maykelson interferometrida fazalar farqi
 
Bir biriga perpendikulyar boʻlmagan koʻzgular orqali hosil qilingan interferension manzara
 
Qatʼiy perpendikulyar joylashgan koʻzgular orqali hosil qilingan interferension manzara

Maykelson interferometri ikki xil konfiguratsiyaga ega:

  • Interferometr koʻzgulari bir biriga nisbatan qatʼiy perpendikulyar oʻrnatilgan;
  • interferometr koʻzgulari bir biriga nisbatan perpendikulyar boʻlmagan konfiguratsiya.