Xorazm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 120:
== Xorazm nomi ==
[[Fayl:4F4D 1~1.JPG|left|thumb|190px|Miloddan avvalgi II asrga oid devoriy rasm, Akchaxan qalʼa]]
"Xorazm" nomii (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadim forsiychada Uvarazmis, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "Xorazm" atamasiningnomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni SP. Tolstov "Xorazm" nomi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani", "quyosh (xalqi) zamini" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "zamin", "hudud", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan.
 
Xorazm nomi "oziqlanadigan zamin", boshqasiga ko'ra "past zamin" degan maʼnoni anglatgan.<ref>Рапопрот Ю. А., Краткий очерк истории Хорезма в древности // Приаралье в древности и средневековье. Москва: Восточная литература, 1998,с.28</ref>