Kaltaminor madaniyati — versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
'''Kaltaminor madaniyati''' -[[Oʻzbekiston]]da [[neolit]] davriga oid birinchiilk topilgan [[arxeologik madaniyat]] (miloddan avvalgi 7—3-ming yillik). [[Kaltaminor koʻli]] yonidan topilgan. 1939—40 va 1945 yillar [[Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi]] tekshirgan. Kaltaminor madaniyati [[Amudaryo]]ning qad.qadimiy Oqchadaryo [[delta]]si, [[Qizilqum]], Yuqori [[Oʻzboʻy|Oʻzboy]], [[Mohondaryo]], [[Orol dengizi|Orol]]ning shim.shimoliy-sharqiy boʻylarida, [[Qozogʻiston]] va [[sharq]]iy Kaspiy, yaʼni [[Bolqon viloyati|Balxan]] va [[Mangʻishloq|Manqishloq]] hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir [[oila]]ga oid [[odam]]lar yashagan emas, bu yerlarda bir-biriga yaqin boʻlgan [[qabila]]lar yashagan deyish toʻgʻri boʻladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi. Tosh qurollarni, yasash texnikasi va uning tiplarida [[oʻxshashlik]] farqlar esa [[sopol]] idishlarda, yaʼni uning [[bezak]]larida — bezak buyumlarda, [[taqinchoqlar]]da koʻrinadi. Asosiy qurollarining oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar — shu [[voha]]larda birbiriga oʻxshash, bir xil turmush tarziga ega boʻlgan [[urugʻ]]lar boʻlganligini koʻrsatadi. Bular Oqchadaryo, quyi [[Zarafshon vodiysi|Zarafshon]], Lavlakon, yuqori Oʻzboy, [[Ustyurt]] guruhlaridan iborat. Shu hududlarda yashagan neolit odamlari 7—3-ming yillikda yashab [[ovchilik xoʻjaligi|ovchilik]], [[temirchilik]] va [[baliqchilik]] bilan tirikchilik oʻtkazishgan. Ovchilik, terimchilik va baliqchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr hisoblanadi. bogʻliqlar, kesuvchi, teshuvchi qurollar, [[oʻq-yoy]]lar, [[kamon]] oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr hisoblanadi. [[Mikrolitlar|Mikrolit]] qurollarining paydo boʻlishi, [[suyak]]dan va [[yogʻoch]]dan yana ham takomillashgan qurollar yasash imkoniyatini bergan. Arxeologlar, asosan, shu mikrolitlar va oʻqyoyni yasalishiga asoslanib neolit davrini davrlarga ajratganlar. Kaltaminor madaniyatini ham 3 davrga boʻlib oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining ilk davri 7—5 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga xos yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimida, Qizilqumning Lavlakon va Karakata, jan.-sharqiy Ustyurtda topilgan va oʻrganilgan. Kaltaminor madaniyatining oʻrta davri 6—5-ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid manzilgohlar butun Qizilqum va unga yaqin boʻlgan hududlardan topilgan. Kaltaminor madaniyatining oxirgi davri 4—3 ming yillikka toʻgʻri keladi. Bu davrga oid yodgorliklarga Qozogʻiston hududlaridagi [[manzilgoh|manzilgox]]lar kiradi.
 
Kaltaminor madaniyati ni tavsiflab berish, uni davrlarga ajratish ham, asosan, sopol idishlarni ishlash texnikasi, unga bezak berishga asoslangan. Butun Kaltaminor madaniyatiga oid sopol idishlar qoʻlda ishlangan boʻlib, bezaklar, sopol idishlar hali loyligida yogʻoch bilan chizib, daryo va dengiz [[toʻlqinlar|toʻlqin]]iga, [[archa]] [[igna]]lariga oʻxshash bezak berilgan, keyin olovda pishirilgan. Idishlarning shakli [[kosa]]simon yoki qozonsimon boʻlib, ilk davriga oid idishlar tagi yassi boʻlmasdan, qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan. Sopol idishni [[ixtiro]] qilinishi Kaltaminor madaniyatiga mansub [[aholi]]ning [[ovqat]] pishirishini osonlashtirdi. Endi [[qozon (buyum)|qozon]]ning tagiga olov yoqib pishirish imkoniyati tugʻildi. Odamlar [[chayla]]larda yashab, [[oʻchoq]]lar qurib oʻchoqlarda, sopol qozonlarda ovqat pishirib, idishlarga quyib ovqatlanadigan boʻlishdi. Bu juda katta ixtiro boʻlib, kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. Neolit davrida bulardan tashqari [[tikuvchilik]], [[kema]]<nowiki />sozlik ham yuksaldi. Kaltaminor madaniyatiga mansub axrli tabiat yaratgan narsani shundayligicha qabul qilganlar. Kaltaminor madaniyati iqtisodiyotiga oʻta olmaganlar, yaʼni [[chorvachilik]] yoki [[dehqonchilik]] bilan shugʻullana olmaganlar.
Anonim foydalanuvchi