Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 4:
'''Namoz''' (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 [[rukn]]dan biri. N. musulmonlarga [[meʼroj]] kechasi (qarang [[Isro va meʼroj]]) [[farz]] qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, [[Qurʼon]] [[oyat]]laridan tilovat qilishda [[duo]]lar oʻqish, [[rukuʼ]], [[sajda]], tiz choʻkib oʻtirish, [[salom]] berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, [[vojib]], [[sunnat]], [[nafl]], ishroq, [[tahajjud]], [[qazo]], shukri vuzu, [[janoza]] va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish [[musulmon]] kishining ixtiyoriy [[ibodat]]i sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
 
N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. [[qibla]]ga — [[Makka]]dagi [[Kaʼba]] [[ibodatxona]]siga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — [[joynamoz]]dan foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin [[juma]] kunidagi juma N.ini [[masjid]]da jamoa bilan oʻqish tavsiyafarz etiladixisoblanadi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri ([[imom]]) [[imomlik]]ka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
 
Islomdagi [[mazhab]]lar koʻrsatmalarida N. oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda N., asosan, [[hanafiylik]] mazhabiga muvofiq oʻqiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>