Qarshi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
k +
Qator 64:
Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida ''Naxshab'' (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi VII asrda [[Yerqoʻrgʻon]] oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999-yilda oʻrganilgan). Naxshab soʻzi ilk bor hozirgi [[Afgʻoniston]] hududidan topilgan, miloddan avvalgi 328-yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, [[Shahrisabz]]) himoya devorlarini tuzatish uchun oʻz askarlarini joʻnatganligi xabar qilingan.
 
Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Miloddan avvalgi VI asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hozirgi saqlangan), maydoni 35 gektarni tashkil etgan. [[AleksandrIskandar MaqnuniyMaqduniy]] bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi III—II asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (maydoni 150 gektar boʻlgan). II—I asrlarda (hozirgi temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan [[Zahhoki Moron qalʼasi]] bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). [[Kidariylar]] oʻz qarorgohini 468-yilda yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710-yilda arablar shahar ([[Naxshab]] arabcha talaffuzda ''Nasaf'') va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. IX—XIII asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. X asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — ''majlisi tadris'' oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali [[Eron]] va [[Hindiston]]ni [[Rossiya]] va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdo-hunarmandchilik rivojlangan.
 
1220-yilda Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (XIV asrda) voha markazi 3 marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. [[Chigʻatoy ulusi]] xoni [[Kepakxon]] (1318—1326) Nasafdan 2 farsax (12—14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida XIV asrning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. XIV asrning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda [[Odina masjidi]] qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5–3 metr chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaq ustida 4 ta koʻtarma koʻprik boʻlgan. Shahar qoʻrgoni hududi 40gektarni tashkil etgan.