tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
||
'''Yusuf Xos Hojib''' (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. [[Qoraxoniylar]] saroyida xizmat qilgan.
1069-70 yillarda yozib tugallangan «[[Qutadgʻu bilig]]» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi ([[Vena]], [[Qohira]] va [[Namangan]]) mavjud. Nisbatan toʻligʻi [[Namangan]] [[nusxasi]] boʻlib, 1923 yili [[Fitrat]] tomonidan qoʻlga kiritilgan, u [[OʻR FA ShI]] da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan
Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.
|