Afsona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Afsona''' – 1) xalq og‘zaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsada, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makon ham ko‘rsatiladi. A.lar og‘izdan-og‘izga, eldan-elga o‘tib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. og‘zaki hikoyat bo‘lib, u xayoliy ob-raz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday bo‘lgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli o‘laroq A. zaminida albatta mo‘’jiza, sehr-jodu bo‘ladi. A.lar olam (Yer, Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof tog‘i, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bog‘i va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurg‘ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er To‘nga, To‘maris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) to‘g‘risida, diniy (mas, islomdagi Nuh payg‘ambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bog‘liq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda bo‘ladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli bo‘ladi, tuzilishiga ko‘ra er-tak, naql, rivoyatlarta o‘xshab ketadi.A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida g‘oyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, "Qutadg‘u bilig", "Devo-nu lug‘otit turk", Alisher Novoiyning "Hamsa", Dantening "Ilohiy komediya", Chingiz Aytmatovning "Oq kema", Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni", Abdulla Oripovning "Jannatga yo‘l" kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va to‘laqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Ko‘chma ma’noda – uydirma, yolg‘on, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan gap. Antankan.1345-1349
 
== Adabiyotlar ==