Huquq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
H. jamiyat hayotining turli sohalari — iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtai nazardan bu funksiyalarni 2 turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. H.ning regulyativ funksiyasi jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan ibo-rat. H.ning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. H.ning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning H.ni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari H. sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish H. buzilishlari faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi.
 
H.ning nazariy masalalarini Gʻarbda, jumladan, Yevropada ijtimoiy fan soha olimlari, ayniqsa huquqshunoslari teran va izchil yoritib kelmoqdalar. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonda ham bu boradagi urinishlar va saʼyharakatlar, izlanish va tadqiqot ishlari birmuncha kuchaydi. Oʻzbek huquqshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan namoyandalari milliy davlatchilik tarixini, huquq va davlat umumnazariy masalalarini oʻrganish borasida milliy qadriyatlarni, ilmiy merosni zamonaviy umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu sohaga milliy istiq-lolni mustahkamlash ishining bir qismi sifatida qaramoqdalar.m