Toponimika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Toponimika: Xatoni tuzatdim
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
k 185.139.137.74 tahrirlari EdgarsBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 4:
'''Toponimika''' (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saklangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.
 
T. geogr., tarix, etn. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chun''kichunki baʼzi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni oʻzgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, koʻpincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. T. xalklarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga koʻra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi T.ning amaliy jihati hisoblanadi.''
 
Toponimlar yirik yoki mayda obʼyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obʼyektlar (materiklar, okeanlar, togʻlar, choʻllar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obʼyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, koʻchalar, qoʻrgʻonlar va shu kabi) ning atokli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki koʻpincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.