Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Rossiya Federatsiyasi_info}}
 
'''Rossiya''' ({{lang-ru|Россия}}), Rossiya Federatsiyasi ([[Rus tili|ruscha]]: Российская Федерация) — [[Yevropa]]ning sharqida, [[Osiyo]]ning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3&nbsp;km, dengiz chegarasi 38807,5&nbsp;km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov ([[Atlantika okeani]]), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), [[Bering dengizi|Bering]], [[Oxota dengizi|Oxota]], [[Yapon dengizi|Yapon dengizlari]] (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – [[Moskva]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika [<nowiki/>[[Adigeya]], [[Boshqirdiston]], [[Buryatiya]], [[Dogʻiston]], [[Ingushiya]], [[Kabarda-Balkariya]], [[Kareliya]], [[Komi]], [[Mariy el|Mariy El]], [[Mordoviya]], [[Oltoy Respublikasi|Oltoy]], [[Saxa]] (Yakutiya), [[Tatariston]], [[Tuvalu|Tuva]], [[Udmurtiya]], Haqasiya, [[Checheniston]], [[Chuvashiya]], [[Shimoliy Osetiya Alaniya|Shimoliy Osetiya]], Qalmoq, [[Qorachoy-Cherkasiya|Qorachoy Cherkasiya]], 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.