Hikoya: Versiyalar orasidagi farq

8 bayt qoʻshildi ,  2 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(→‎Adabiyot: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi)
Tahrir izohi yoʻq
{{maʼnolari|Hikoya (maʼnolari)}}
'''Hikoya''' — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.
 
Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Bobomiz Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek H. chiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.
 
Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
Anonim foydalanuvchi