Yugoslaviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Qator 1:
'''Yugoslaviya''' — Janubiy Yevropadagi davlat (2003 yilgacha mavjud boʻlgan). Serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi negizida 1929 yil tashkil topgan. Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya uning tarkibida boʻlgan. 1929 yil yanvarda Yu.da harbiymonarxiya diktaturasi qaror topgan. 1941 yil martda Yu. hukumati fashistik davlatlar tomonidan tuzilgan Berlin pakti (1940 yil 7 sentyabrda tuzilgan) ga qoʻshildi. Bu Yu.da keng norozilik harakatiga sabab boʻldi; 27 martda fashistik hukumat agʻdarildi. 1941 yil 6 aprelda Yu.ga fashistlar Germaniyasi hujum qildi va mamlakat hududi Germaniya okkupatsiyasi zonalariga boʻlindi. Xalq ozodlik kurashi avj oldi. Mamlakatning shim.sharkiy qismi 1944 yil ozod etildi. 1945 yil 15 mayda Yu. armiyasi Yu.ni fashistlardan ozod qilishni nihoyasiga yetkazdi. 1945 yil 29 noyabrda Yu. Federativ Xalq Respublikasi (YUFXR) eʼlon qilindi. 1946 yil 31 yanvarda YUFXR konstitutsiyasi tasdiqlandi. 1963 yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha mamlakat Yu. Sotsialistik Federativ Respublikasi (YUSFR) deb nomlandi. Hokimiyat tepasida Yu. Kommunistlar Ittifoqi turdi. Yu.da oʻzinioʻzi boshqarish asosidagi sotsializmning Yugoslaviya modelini qurish vazifasi qoʻyildi. 1980-y.lardan mamlakat ogʻir iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga duch keldi. 1991 yil YUSFR parchalanib ketdi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya federatsiya tarkibidan chiqib ketdi va mustaqil davlatlarga aylandi. 1992 yil Serbiya bilan Chernogoriya Yu. Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 yil 4 fevral dan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.
[[Fayl:Civil Ensign of Yugoslavia (1950–1992).svg|thumb|Bayroqning o'rtasida joylashgan qizil yulduz kommunizmni anglatadi.<ref>Map Universal, [https://mapuniversal.com/category/world-history/ History, Facts, Breakup and Map of Yugoslavia] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20190102194531/https://mapuniversal.com/category/world-history/ |date=2019-01-02 }}</ref>]]
 
{{stub}}