Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 22:
 
=== Kitob holatida jamlanishi ===
[[Tasvir:Blue koran sanaa.jpg|thumb|[[Ultraviyole | Ultraviyole nurlari]] ostida Qur'on, [[Sanaa qo'lyozmalari ]], U.V va rentgen nurlari yordamida ko'zga ko'rinmas subtekstlar va matndagi o'zgarishlar aniqlanishi mumkin.]]
 
Birinchi [[xalifa]] Abu Bakr davrida [[ridda]] (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda [[Umar ibn Xattob]] Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: „Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi“, deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni [[kiyik]] terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini [[Hafsa binti Umar]] huzurida qoldi.