Kitob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.85.120 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kitob (maʼnolari)}}
'''KITOBKitob''' —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan.
 
K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib boriladi. K.larni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang [[Kutubxona]], [[Kutubxonashunoslik]]). K. va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.