Ishqalanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Ishqalanish''' - bir-biriga tegi shib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi I. — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanibbiro, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki I. kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bogʻliq boʻlgan I. koeffitsiyenti, N — jismga qoʻyilgan kuch. Biron jismning boshka jism sirti boʻylab qanday ha-rakat qilishiga qarab, statik I. yoki tinchlikdagi I. va kinetik I. xillari mavjud.
 
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga I. kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, I. vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi I. tinchlikdagi I. deyiladi. Tinchlikdagi I. kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib I. va du-malab I. yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan I. kuchiga sirpanib I. kuchi deyiladi; sirpanib I. kuchi jismning tegib turgan boshka jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida I. kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki 🔥🔥🔥🔥🔥🔥harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha I. kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib I. koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab I. koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik I. deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab I. kuchi sirpanib I. kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. I. kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi (qarang [[Podshipnik]]).