Ishqalanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matttest (munozara | hissa)
k Undid edits by 185.139.137.226 (talk) to last version by IluvatarBot
Teglar: Bekor qilindi SWViewer [1.4]
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 1:
'''Ishqalanish''' - bir-biriga tegi shib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi I. — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki I. kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bogʻliq boʻlgan I. koeffitsiyenti, N — jismga qoʻyilgan kuch. Biron jismning boshka jism sirti boʻylab qanday ha-rakat qilishiga qarab, statik I. yoki tinchlikdagi I. va kinetik I. xillari mavjud.
 
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga I. kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, I. vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi I. tinchlikdagi I. deyiladi. Tinchlikdagi I. kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib I. va du-malab I. yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan I. kuchiga sirpanib I. kuchi deyiladi; sirpanib I. kuchi jismning tegib turgan boshka jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida I. kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki 🔥🔥🔥🔥🔥🔥harakatharakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha I. kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib I. koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab I. koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik I. deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab I. kuchi sirpanib I. kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. I. kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi (qarang [[Podshipnik]]).
 
Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi I. ga quruq I. deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) bilan bogʻliq boʻlgan suyuq I. ham mavjud. Suyuq I. kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch bilan jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Mas, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi.