Sintaksis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Sintaksis''' (yun. syntaxis — tuzilma, tartib, birikma) — 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida S. juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomalamulokrtmuomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlarining vazifalarini ifodalaydi.
 
S. morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. S.da, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir.