56 118
ta tahrir
(Xatoni to'g'riladim) Teglar: Qaytarildi Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
k (37.110.211.199 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi) Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
||
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shimoliy muz okeani''' (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi,
Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shim. Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng , okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng , zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud.
|