Basketbol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 9:
* Kichik hujumchi (''ing. Small forward, SF''); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (''ing. Block shoot'') qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan [[LeBron James]], [[Kevin Durant]], [[Skotty Pippen]], [[Carmelo Anthony]] va rossiyalik basketbolchi [[Andrei Kirilenko]] larni aytib oʻtish mumkin.
* Ogʻir hujumchi (''ing. Power forward, PF''); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga [[slem-dank]] koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan [[Kevin Garnett]], [[Tim Duncan]], [[Dirk Nowitzki]], [[Dennis Rodman]], [[Ben Wallace]] kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
* Markaziy oʻyinchi (''ing. Center, C''); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (''ing. [[rebound]]'')ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu [[Uilt Chemberlen]]dir. Uning baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek, [[Shaquille O'Neal]], [[Alexsander Belov]], [[Arvydas Sabonis]], [[Yao Min]],[[Dwight Howard]], [[Patric Young]], [[David Robinson]], [[Kareem Abdul-Jabbar]] kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.Basketbol o'yinchilar 5ta boladi
 
== Manbalar ==