Yagʻmo — versiyalar orasidagi farq

170 bayt qoʻshildi ,  3 oy oldin
qisqa izoh tahrirlanmadi
'''Yagʻmo''' — turkiy qabilalardan biri.
 
9-asr 1-yarmida Ya.lar uygʻurlar tarkibida boʻlgan. 840 yil [[uygʻurlar]] [[qirgʻizlar]] bilan boʻlgan urushda yengilgach, ulardan 15 urugʻ ajralib qarluqlar himoyasi ostiga oʻtgan. "YA." — 15 urugʻ birlashmasining turkiycha nomi. 10-asr boshida Ya.larning katta bir qismi [[Qashqar]]ga — Tyanshanning jan.sharqiy yon bagʻirlariga, Norin daryosining yuqori oqimidagi hududlarga koʻchib kelib, oʻtroqlashgan. XI asrning boshida ularning bir qismi [[Zarafshon vodiysi]]ga koʻchib kelib, mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan va [[oʻzbek xalqi]]ning bir qismiga aylangan.
 
Ya.lar [[Qoraxoniylar]] davlatini barpo etishda qarluq, chigil, xalaj kabi qabilalar bilan bir qatorda faol qatnashgan. Ya.larning asosiy qismi 11-asrning 1-yarmida qoraxoniylar qoʻshini tarkibida Movarounnahrga kelib joylashgan va keyinchalik yerli xalqlar bilan aralashib, oʻz etnik nomlarini unutganlar.