Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 109:
===== Muqanna qoʻzgʻoloni =====
{{asosiy|Muqanna qoʻzgʻoloni}}
VIII asr 3-choragida arablar Buxoroda hukmronligi nomigagina boʻlib qolgan [[Buxorxudot]]larni siqib chiqardi, oʻz hokimiyatini toʻliq mustahkamlab oldi. Buxorxudotlar Buxoroni [[Abbosiylar]]ga qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan [[Hoshim ibn Hakim]] ([[Muqanna]]) tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan. Muqannaning buxorolik muridlari asosan [[Narshax]] qishlogʻida toʻplanishgan.
 
Buxorxudotlar Buxoroni [[Abbosiylar]]ga qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan [[Hoshim ibn Hakim]] ([[Muqanna]]) tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan. Muqannaning buxorolik muridlari asosan [[Narshax]] qishlogʻida toʻplanishgan.
 
Muqanna qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin [[Musayb ibn Zuhayr]] hukmronligi davrida 782-yili [[Varaxsha]]da Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun soʻnggi Buxorxudot [[Bunyod]] oʻldirildi. Binobarin, Buxoroda bir necha yuz yilliklar davomida hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasi, ayni vaqtda Buxoro tarixidagi islomgacha boʻlgan davr Bunyodning oʻlimi bilan nihoyasiga yetdi. Oʻshandan boshlab sulola yoʻqotib yuborilmagan boʻlsada, amalda siyosiy hokimiyatdan mahrum boʻldi.