Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 302:
XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon "Musaxir al-bilad" ("Mamlakatlarni zabt etish") asarini yozgan. Asarda [[Shayboniylar | Shayboniylar]], jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.<ref>Muhammadyor ibn Arab Qatagʻon. "Musahhir al-Bilad". T., 2009</ref>
 
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga toʻsqin boʻldi. Adabiyot, sanʼat va boshqa sohalarda bir qancha isteʼdodli olimlar (musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — „Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ulasror“ul-asror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“ (Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Toleʼ), „Muhit uttavorix“ut-tavorix“ ([[Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy]]), „[[Subhonqulixon]] toʻgʻrisida hajviya“ (Turdi) va boshqa Tibbiyot va meʼmorlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar ([[Abdulazizxon madrasasi]], [[Nodir devonbegi madrasasi]], Bolohovuz masjidi va boshqalar) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, [[Fuzuliy]], Hofiz, [[Bedil]] va boshqalar) oʻqitildi.
 
[[Imomqulixon]] oʻzaro kurashlarga barham bergan. U atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan; [[darvish]]larni (soʻfiylarni) qoʻllab-quvvatlagan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan.