Mahmud Gʻaznaviy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
k +
Qator 12:
}}
 
'''Mahmud Gʻaznaviy (Abulqosim Mahmud ibn SobukteginSabuktegin)''' (967— [[Gʻazna]], 1030) — turkiy davlat arbobi va harbiy sarkarda, [[Gʻaznaviylar davlati]] hukmdori (998—1030).
 
[[Sabuktegin]]ning oʻgʻli. Yoshligida otasidan harbiy sanʼatni puxta egallagan. [[Somoniylar]]ga qarshi isyon koʻtargan turk amirlari [[Abu Ali Simjuriy]] va [[Foyiq]]qa qarshi janglarda otasining qoʻshinida qatnashib, katta jasorat koʻrsatgani uchun "sayf ud-davla" ("davlat qilichi") unvoni bilan taqdirlandi (994). Gʻaznaviylar davlatining [[Nishopur]]dagi noibi (994—997). Otasi vafotidan soʻng taxtni egallagan (998-yildan). [[Marv]] yaqinidagi jangda Somoniylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan (16.06.999). [[Somoniylar davlati]] agʻdarilgach, Mahmud Gʻaznaviy Bagʻdod xalifasi [[al-Qodir]]dan (991—1031) "yamin ud-davla va amin ul-milla" ("davlatning oʻng qoʻli va millatning ishonchi") degan faxriy unvon va [[Xuroson]] hokimligi haqida yorliq olgan (999). [[Qoraxoniylar]] xoni [[Nasr]] Mahmud Gʻaznaviyga elchi yuborgan; 1001-yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat oʻrtasidagi chegara chizigʻi qilib [[Amudaryo]] belgilandi. Shunday qilib, Somoniylar davlati oʻrnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. Mahmud Gʻaznaviy qoʻlida [[Shimoliy Hindiston]] chegarasidan tortib Xazar dengizigacha ([[Kaspiy]]gacha) choʻzilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga [[Shimoliy Hindiston]], [[Xorazm]] va [[Gʻarbiy Eron]] ham kiritilgan. Qoraxoniylar bilan ayrim urushlardan (1006—1008) soʻng, [[Chagʻoniyon]], keyinchalik [[Xuttalon]], [[Qabodiyon]] viloyatlari va [[Termiz]], [[Amul]]ni ([[Chorjoʻy]]ni) ham oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. Mahmud Gʻaznaviy yirik harbiy yurishlar olib borish bilan birgalikda qoʻshni davlatlar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari oʻrnatgan. [[Bayhaqiy]]ning yozishicha, Xorazmdagi xalq gʻalayonlari oqibatida 1016-yilda [[Abul Abbos Maʼmun]] qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz [[Muhammad ibn Maʼmun]] oʻtirdi. Mahmud Gʻaznaviy bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qoʻshin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, [[Xorazm davlati]] poytaxti [[Qiyot]]ni egallagan (1017) va hojib [[Oltintosh]]ni Xorazmda oʻz noibi qilib qoldirgan va [[Beruniy]] boshchiligidagi olimlar, shoirlar va sanʼatkorlarni, shuningdek, yosh [[Xorazmshoh]]ni butun sulolasi bilan [[Gʻazna]]ga olib qaytgan.